platina.uz
Jahon

Dunyoning jinoyatchilik darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlari eʼlon qilindi

Dunyoning jinoyatchilik darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlari eʼlon qilindi
World Population Review tahlilchilari 2023 yilda jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarning reytingini eʼlon qildi. Tadqiqot natijalariga koʻra, eng koʻp jinoyatlar Venesuela, Papua-Yangi Gvineya va Janubiy Afrikada sodir etilgan. Bu mamlakatlarda qashshoqlik, ishsizlar soni koʻpligi sabab jinoyatlar soni ortib ketgan. Oʻzbekiston 136 ta davlat ichida jinoyatchilikning 33,42 darajasi bilan 99-oʻrinni egalladi.
  1. Venecuela (83.76)
  2. Papua-Yangi Gvineya (80.79)
  3. Janubiy Afrika (76.86)
  4. Afgʻoniston (76.31)
  5. Gonduras (74.54)
  6. Trinidad va Tobago (71.63)
  7. Gayana  (68.74)
  8. Salvador (67.79)
  9. Braziliya (67.49)
  10. Yamayka (67.42)
Dunyodagi eng past jinoyatlar Shveysariya, Daniya, Norvegiya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada qayd etilgan. Ushbu mamlakatlarning har biri juda samarali huquqni muhofaza qilish organlariga ega va Daniya, Norvegiya va Yaponiyada qurolga oid dunyodagi eng cheklovchi qonunlar mavjud. Markaziy Osiyoning qolgan davlatlaridagi vaziyat: 
99. Oʻzbekiston (33,42) 31. Qirgʻiziston (56,87) 40. Qozogʻiston (53,77)
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid