platina.uz
Jamiyat

Buxoroda oʻqishning boshlanishi yana 16 yanvarga qoldirildi

Buxoroda oʻqishning boshlanishi yana 16 yanvarga qoldirildi
Avvalroq, mahalliy hokimliklar qarori bilan respublikaning aksariyat maktablarida oʻqish 11 yanvardan boshlangani haqida xabar qilgandik. Buxoroda ham mahalliy hokimlik qarori bilan umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida bugun, 11 yanvar kunidan anʼanaviy tarzda oʻqish boshlangan edi. Biroq sovuq ob-havo sharoitida koʻpchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha taʼlim muassasalarida oʻqish 16 yanvar kunidan boshlanishi belgilandi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim maskanlari ham oʻz ishini 16 yanvar kunidan boshlaydi. Eslatib oʻtamiz, kechadan oʻqish boshlangan maktablarda vaziyat qandayligini avvalroq tahlil qilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda mahalliy hokimliklarga chiqargan qarorlarining oqibatini koʻrish uchun oyna tutgandik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid