platina.uz
Jamiyat

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati  vaqtincha toʻxtatildi
Respublika boʻyicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda. Energetika vazirligi murojaatiga koʻra, tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish choralari koʻrilmoqda. Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha toʻxtatildi. Shuningdek, ortadigan talabni toʻliq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilgʻisi mahsulotlari qoʻshimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan. Hurmatli vatandoshlar, havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanishingizni, zarurat boʻlmaganda uyda qolishingizni hamda xonadoningizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishingizni iltimos qilamiz, deyiladi vazirlik murojaatida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid