Ronalduga yangi taklif berildi

- Men tezroq portugal tilini oʻrganib olishga harakat qilyapman. Jahonning eng isteʼdodli termalaridan birini boshqarish imkoniga ega ekanimdan mamnunman.
Men Krishtianu Ronalduga tayanishimni aytib qoʻyishim kerak. Futboldagi barcha qarorlar vaziyat joyida qabul qilinadi, ofislarda emas. Futbolchilar bilan uchrashib, gaplashib olaman.
Ishni jahon chempionatida qatnashgan 26 nafar oʻyinchiga tayangan holda tashkil qilish kerak va Ronaldu ana shu ijrochilardan biri. Krishtianu 19 yildan beri terma jamoa aʼzosi, shuning uchun ham hurmatga loyiq.
Biz u bilan oʻtirib, 10 oydan keyin boʻladigan dastlabki uchrashuvga eng zoʻr jamoani tayyorlashni muhokama qilamiz. Men oʻzim tomonda boʻlgan futbolchilarning barini hurmat qilaman, - dedi Roberto Martines.
