platina.uz
Jamiyat

“Omikron”ga qarshi emlanish keksalar oʻrtasida shifoxonaga yotqizilish xavfini 81 foizga kamaytiradi

“Omikron”ga qarshi emlanish keksalar oʻrtasida shifoxonaga yotqizilish xavfini 81 foizga kamaytiradi
Kasallikni jilovlash uchun esa emlanishning ahamiyati hamon dolzarb. Isroil mamlakati olimlari tomonidan oʻtkazilgan maxsus tadqiqot bu xulosani yana bir bor tasdiqladi. Izlanishlar davomida “omikron” shtammiga qarshi vaksinalarning keksa yoshli insonlarga taʼsiri oʻrganildi. Buning uchun 622 ming nafardan ziyod bemorlarning tibbiy maʼlumotlari tahlil qilindi. Aniqlanishicha, bunday vaksinalar oltmish besh va undan katta yoshli kishilarda koronavirus oqibatida shifoxonaga yotqizilish holatlarining oldini olishda 81 foiz samara beradi. Shuningdek, tadqiqot asnosida emlanmagan aholi oʻrtasida SOVID-19dan oʻlim koʻrsatkichi vaksina olganlarga nisbatan ancha yuqori ekanligi ham maʼlum boʻldi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi esa oʻtgan oyda 18 yoshdan katta fuqarolar oʻrtasida “omikron”ga qarshi vaksinalar gospitalizatsiya xavfini emlanmaganlarga nisbatan 57 foizga kamaytirishini aniqlagan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid