platina.uz
Sport

Messining yangi kelishuvdagi maoshi qancha boʻlishi aytildi

Messining yangi kelishuvdagi maoshi qancha boʻlishi aytildi
PSJ hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bir qator fransuz nashrlarining xabar berishicha, Leo parijliklar bilan hamkorlikni yana bir yilga davom ettiradi. Yangi kelishuvga koʻra, uning maoshi 40 million yevro boʻlishi kutilmoqda. Maʼlumot uchun, bunga qadar Messi Parij klubidan yillik 35 million yevro maosh olayotgandi. Joriy mavsum u PSJ safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol hamda 19 ta assistni oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid