platina.uz
Jamiyat

«Haj – 2023» mavsumi uchun xizmat koʻrsatadigan sohalar oʻrganildi

«Haj – 2023» mavsumi uchun xizmat koʻrsatadigan sohalar oʻrganildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi kecha Saudiya Arabistonida   «Haj – 2023» mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida bir nechta mehmonxonalar, oshxonalar va avtobus saroylari bilan yaqindan tanishib, yuksak darajada xizmat koʻrsatish mezonlari va yuqori sifat talablari nuqtai nazaridan tahliliy oʻrganib chiqdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita maʼlumotiga koʻra, tanishish jarayonida Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyev va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov oʻzbekistonlik ziyoratchilar ibodatlarini mukammal, toʻliq ado etishlari uchun barcha qulay shart-sharoitlarni hozirlashga alohida diqqat qaratdilar. Makka shahrida joylashgan bir necha mehmonxonalarni koʻzdan kechirish chogʻida delegatsiya aʼzolari ularning kirish foyelari kengligi, xonalardagi sharoitlar, ayniqsa, oʻrinlar soni, sanuzel holati, oshxona sigʻimi, ishchi va tibbiyot guruhlari xizmat koʻrsatishlari uchun ajratilgan joylar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mutasaddilar hojilarga taom tayyorlash borasida xizmat koʻrsatadigan vakillar bilan uchrashib, oshxonalardagi shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborlari, sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, ovqat pishiradigan qozonlar va anjomlar sinchkovlik bilan koʻzdan kechirildi. Oʻrganish jarayonlarida transport vositalari, xususan, Madina va Makka hamda Makka va Jidda yoʻnalishlarida zamonaviy avtobuslar ajratilishiga ham jiddiy eʼtibor qaratildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid