platina.uz
Jamiyat

Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarning malakasi oshiriladi

Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarning malakasi oshiriladi
Hukumatnign 8 sonli qarori bilan 2022 yilning 10 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya oʻquv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi: — Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi; — Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili; — Bosh konsul, konsul; Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi. Oʻquv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarini takomillashtirish hisoblanadi. — Oʻquv kurslari anʼanaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. — Oʻquv kurslari tinglovchilari oʻqishni tugatgandan soʻng yakuniy imtihon topshiradi. — Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Maʼlumot uchun, mazkur Diplomatik akademiya Prezidentning 2022 yil 23 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid