platina.uz
Jamiyat

Buxoroda Qoraqalpogʻistondagi ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgan 22 nafar fuqaroning sud ishi koʻrilmoqda

Buxoroda Qoraqalpogʻistondagi ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etgan 22 nafar fuqaroning sud ishi koʻrilmoqda
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar boʻyicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida koʻrib chiqish davom ettirilmoqda. Bugungi sud majlisida taraflarning muzokaralari eshitildi. Bu haqda Oliy sud  Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi Aziz Abidov oʻzining telegramdagi rasmiy sahifasida maʼlum qildi. Xususan, davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga ayblanayotgan moddalar boʻyicha ularning aybini yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlashni soʻradi. Shuningdek, sudlanuvchi Salamat Kalilayev himoyachisining muzokara soʻzi tinglandi. Maʼlumot uchun, qolgan taraflarning muzokaralari 12 yanvar kuni oʻtkaziladigan sud majlisida eshitiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid