Bugundan oʻqish boshlangan maktablarda vaziyat qanday boʻldi?

Ayniqsa, tegishli vazirlik qaroridan qaytgach, mahalliy hokimliklarining kecha tungi soat qariyb 11 dan boshlab, toʻgʻrirogʻi, allaqachon koʻpchilik uyquga ketgan mahalda bugun – 11 yanvardan boshlanadigan oʻqish jarayonlari haqidagi bayonotlari hammasidan oshib tushdi.
Eslatib oʻtamiz: Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan, hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganini hisobga olib, hududlarda taʼlim muassasalarida oʻqishni boshlanish muddatlari eʼlon qilina boshlandi.
Birinchilardan boʻlib Andijon viloyati “ijtimoiy tarmoqlarda "Ertaga 11 yanvardan Andijondagi barcha maktablar va oliy va oʻrta maxsus taʼlim dargoxlarida oʻqish boshlanishi aytilmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar”ga javoban bergan rasmiy bayonoti t.me/andpress bilan hududdagi barcha taʼlim muassasalarida 11 yanvardan rasman oʻquv jarayonlari boshlanishini maʼlum qildi. Shundan soʻng birma-bir mazkur masaladagi rasmiy bayonotlar avjiga chiqdi. Eng qizigʻi, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo kabi ayrim viloyatlar hokimligi 10 yanvar kuni tungi soat qariyb 11 da 11 yanvarda maktablarda oʻqish boshlanishi haqida rasmiy bayonot berdi... Jamoatchilik, ota-onalar va hatto oʻqituvchilar tomonidan bu kabi boshiyu oxiri yoʻq bemaʼni yondashuvlar eʼtirozlarga sabab boʻldi.
Xoʻsh, bugun oʻqish boshlangan maktablarda ahvol qanday? Platina.uz Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oyna tutish uchun hamda bu kabi eʼtirozli yondashuvlarga kelgusida yoʻl qoʻymasligini soʻragan holda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bugungi vaziyatlarni jamladi...
[video width="384" height="384" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2023/01/video-rus-tili-ukituvchisi-1.mp4"][/video]
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev bu videoga quyidagicha munosabat bildirdi va haqli savol qoʻydi masʼullarga:
“Menimcha, bu videoga “Kun videosi” nominatsiyasi gʻolibligini topshiraversak boʻladi.
Masʼullar hayronmish. “Biz hamma ishni oʻz vaqtida va toʻgʻri qilgan boʻlsak ham, nega oʻqishga hech kim kelmayapti” deb. Qiziq, rostdan ham nega unaqa boʻlayotgan ekan-a?”
Shuningdek, oʻqituvchilar orasida sirpanchiq uchib bolaligini eslaganlari ham bor...
[video width="384" height="384" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2023/01/Sirpanchik-uchayotgan-ukituvchilar.mp4"][/video]
Yana ham qiziq holat: bugundan oʻqish boshlangan maktablarda bor-yoʻgʻi bir yoki ikki-uch nafardan oʻquvchilar kelgan...
[video width="1080" height="1920" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2023/01/2-nafar-ukuvchi-video-umumiy.mp4"][/video]
Jamoatchilik tomonidan mazkur bemaʼniliklarga oʻziga xos tarzda quyidagicha taʼriflar berildi...
Holatni ifodalovchi zamonaviy “tez aytish” ham oʻziga xos boʻldi:
Ota-onalar tomonidan vazirlik va mahalliy hokimliklarning yondashuvi barchamiz sevib tomosha qiladigan kinodagi lavhaga qiyoslandi:
[video width="480" height="200" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2023/01/KIno-lavxa.mp4"][/video]
Karikaturada ifoda etilgan holat ham vazirlik va mahalliy hokimliklar uchun oyna tutsa ajabmas:
Qiziqchi anomal sovuqdan bolalarni emas, kattalarni asrash kerakligini kinoya qildi, vaziyatni esa ANOMAL JINNILIK deya baholadi.
[video width="272" height="480" mp4="https://platina.uz/wp-content/uploads/2023/01/Kizkichi.mp4"][/video]
Ushbu bahs-munozaralar ortidan “piar”ga uringan hokim ham qovun tushirdi. Suratda Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning maktablar isitish tizimini koʻzdan kechirayotgani ifodalangan. Ammo hokim tekshirayotgan isitgich umuman tizimga ulanmagani koʻrinib qolgan. Platina.uz ushbu suratni “Kun fotosi” deya baholadi
Darvoqe... Platina.uz ning “Kun fotosi” “qahramoni”ga aylangan suratda Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqovning maktablardagi isitish tizimlari issiqligini tekshirayotgani aks etgan. rost24.uz ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu suratni hokimning oʻxshamay qolgan PIARi deya baholadi
Qissadan hissa nima?
Bu toʻplanganlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining avval aytilib, yana qaytilgan qarori oqibatidan bir shingil. Vaziyatga jamoatchilik, aniqroq aytadigan boʻlsak, xalqning turli jabhadagi vakillari munosabati bilan oyna tutdik. Axir joriy yilgi “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”ning bosh mezoni ham xalq-ku, shunda emasmi?
Shunday ekan, holatga bundan keyin qarorlar chiqarilishida yetti oʻlchab bir kesmasdan, shoshma-shosharlik bilan ham aytish, ham qaytish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi uchun bir “signal” sifatida qaralsa, toʻgʻri boʻlardi, bizningcha...
Ha, aytgancha, ushbu holatlar yuzasidan tegishli vazirlik Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga tayanib masalani shunchaki oʻzidan soqit qilish bilan kifoyalandi, hududlar misolida chiqarilgan pala-partish qarorlar yuzasidan jamoatchilikka na bir munosabat, na bir tushuntirish bergani yoʻq...