platina.uz
Jamiyat

Bugun ayrim hududlarda yana qor yogʻadi

Bugun ayrim hududlarda yana qor yogʻadi
«Oʻzgidromet» 11 yanvar, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14° sovuq, kunduzi 5-7° sovuq boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqqacha, kunduzi 20-23° sovuq boʻladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° sovuq, kunduzi 5-10° sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqqacha, choʻl hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 12-17° sovuq boʻladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°sovuq, baʼzi joylarda 17°sovuqqacha, kunduzi 5-10°sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqqacha boʻladi. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqqacha, kunduzi 3-8°sovuq boʻladi. Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, Fargʻona viloyatining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq boʻladi. Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qor yogʻadi, tuman tushadi. Qor koʻchish xavfi bor. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°sovuq, kunduzi 7-12°sovuq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid