platina.uz
Jamiyat

12 yanvar soat 20 gacha respublikamizda qay darajada sovuq boʻladi?

12 yanvar soat 20 gacha respublikamizda qay darajada sovuq boʻladi?
“Oʻzgidromet” markazi respublikamiz boʻylab 11 yanvar soat 20.00 dan 12 yanvar soat 20.00 gacha kuzatiladigan havo haroratini eʼlon qildi. Taqdim etilgan bashoratga koʻra, respublikamizda belgilangan muddatda kechasi minimal 8 va maksimal 30 daraja, kunduzi esa minimal 9 dan maksimal 17 darajagacha sovuq kuzatiladi. Kechasi eng sovuq harorat Buxoro va Navoiy viloyatlari choʻl hududlarida hamda Ustyurtda 27-30°, kunduzi esa faqatgina Ustyurtda 12-17° ni tashkil etadi. Boshqa hududlarda kuzatiladigan sovuq harorat koʻrsatkichlari ham u qadar koʻp farqlanmaydi. Yaʼni: TOShKENT ShAHRI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19o sovuq, kunduzi 9-11o sovuq boʻladi. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25° sovuq, Ustyurtda 27-30° sovuqgacha, kunduzi 12-17° sovuq boʻladi. XORAZM VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23° sovuq, kunduzi 8-13° sovuq boʻladi. BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°sovuq, choʻl hududlarda kechasi 27-30° sovuq, kunduzi 7-12°sovuq boʻladi. TOShKENT, SAMARQAND JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°sovuq, baʼzi joylarda 20°sovuqgacha, kunduzi 5-10°sovuq, baʼzi joylarda 12° sovuqgacha boʻladi. QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 8-13° sovuq, baʼzi joylarda 15° sovuqgacha, kunduzi 3-8°sovuq boʻladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYaTLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 3-8°sovuq boʻladi. RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tushishi mumkin Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°sovuq, kunduzi 10-15°sovuq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid