Toʻrt yil ortga surilgan qonun loyihasi taqdiri: bugunning dolzarb masalasida qachon bir toʻxtamga kelinadi?

– Lekin ayrim vaziyatlarda hech qanday aybi boʻlmasa-da, bemorning oʻlimi yoki sogʻligʻi holati yomonlashishida hech bir sababsiz shifokorni ayblash va unga tajovuz qilish, uning natijasi tibbiyot xodimlarining keng jamoatchilik oʻrtasidagi obroʻsi pasayishiga, shifokorlarning mehnatga munosabati oʻzgarib, oʻz kasbidan bezib ketish holatlari ham uchramoqda. Biz qonun ijodkorlari, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining oʻz elektorati deb belgilangan siyosiy partiya vakillari bu borada oʻz soʻzimizni aytishimiz zarur, deb hisoblaymiz.Deputat shuningdek, aksariyat shifokor ekspertlarimiz javobgarlik choralarining ogʻirroq va qatʼiy boʻlishi tarafdoridir. Ular “belgilanadigan jazo choralari yengil boʻlsa, uning ahamiyati ham boʻlmaydi”, degan fikrdaligini bildirgan. Kecha Surxondaryoda boʻlgan holat, yaʼni ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Boysun tumanida vrach ayovsiz kaltaklandi»! – sarlavhasi ostida tarqalgan videoxabar bu loyihaning, yaʼni qonunchilikka kiritilishi kutilayotgan oʻzgartirishning qanchalik muhimligi uchun yaqqol isbotdir. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Rasmiy munosabatda keltirilishicha, voqea joriy yilning 9 yanvar kuni 14:30 larda sodir boʻlgan. Surxondaryo viloyatining Boysun tumani «Kosiblar» mahallasida joylashgan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchi F.J ni fuqaro Sh.X urib tan jarohati yetkazishi natijasida tan jarohati olib yerga yiqilgan. Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida Sh.X, Sh.H, F.J ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga koʻra F.J. (shifokor)ning olgan tan jarohati «yengil» tan jarohati deb baholangan. Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 10 yanvar kuni Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Sh.H va Sh.X larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgani maʼlum qilingan rasmiy munosabatda.
Maʼlumot uchun: agar yuqorida qayd etilgan qonun Senat tomonidan maʼqullanib, Prezident tomonidan imzolansa, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish uchun maʼmuriy javobgarlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish choralari qoʻllaniladi.Eslatib oʻtamiz: avvalroq Fargʻona viloyati Rishton tumanida tez yordam xodimi kaltaklangan edi.
