platina.uz
Jamiyat

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi muhim ogohlantirish bilan chiqdi
Soʻnggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, zarurat boʻlmaganda uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni soʻramoqda. Eslatib oʻtamiz: yurtimizda 9 yanvar oqshomidan boshlangan anomal sovuq harorat 15 yanvarga qadar davom etishi maʼlum qilingan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid