platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda shifokorni ayovsiz kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Surxondaryoda shifokorni ayovsiz kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Aniqlanishicha, Boysun tuman tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimida shu yil 9 yanvar sanasida navbatchilik qilayotgan shifokor F.J. va fuqaro Sh.X. oʻrtasida shaxsiy masala yuzasidan tortishuv kelib chiqqan. Oqibatda kelishmovchilik janjalga aylanib, shifokor olgan tan jarohati tufayli hushini yoʻqotgan. Soʻng jabrlanuvchi tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga "Burun suyagining yopiq sinishi. Oʻng koʻz olmasi kontuziyasi. Oʻng yuqori jagʻ jarohati" tashxisi bilan yotqizilgan. Hozir bemorning ahvoli oʻrta ogʻir. Davo muolajalari belgilangan standartlar asosida olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan bugun Boysun tuman Ichki ishlar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid