platina.uz
Jamiyat

RASMAN: 2023 yil 11 yanvardan boshlab universitetlar, texnikum, kollej va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

RASMAN: 2023 yil 11 yanvardan boshlab universitetlar, texnikum, kollej va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etilibdi. Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladi. Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20 yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi. Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid