platina.uz
Jamiyat

Qishki taʼtilni uzaytirish vakolati mahalliy hokimliklarga berildi

Qishki taʼtilni uzaytirish vakolati mahalliy hokimliklarga berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz, deyiladi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi xabarida. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi «Taʼlim toʻgʻrisida»gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid