platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ham rasman ertaga (11 yanvar) oʻqishlar bosqichma-bosqich boshlanadi

Qashqadaryoda ham rasman ertaga (11 yanvar) oʻqishlar bosqichma-bosqich boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan, hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganini hisobga olib, viloyatda taʼlim muassasalarida oʻqishni boshlanishi boʻyicha quyidagi xulosaga kelindi: Unga koʻra, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim muassasalarida 11 yanvardan boshlab, hududdagi ob-havo sharoiti va taʼlim muassasalari hamda OTM yotoqxonalaridagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich taʼlim jarayonlari boshlanadi. (OTMlar rasmiy kanallarida ham eʼlonlar berib borilmoqda) Shuningdek, togʻli va uzoq qishloqlar maktablarida, sovuq kunlarda transportda borish qiyinligi va masofa uzoqligi mavjud boʻlgan maktablarda taʼlim jarayonlari 16 yanvardan boshlanadi. Xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida oʻqish 18 yanvardan boshlanadi. Prezident taʼlim muassasalari agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida esa oʻqish 16 yanvardan boshlanadi. Viloyatdagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalarida esa taʼtil 17 yanvargacha davom etib, faoliyatini 18 yanvardan boshlaydi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid