platina.uz
Jamiyat

Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida oʻqish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash taklif qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida oʻqish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash taklif qilindi
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov mahalliy davlat hokimiyati organlari va taʼlim jarayonlariga masʼul hududiy idoralarni maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida oʻqish jarayonlarini keyingi haftadan boshlash masalasini koʻrib chiqishga chaqirdi.
Avvalo, anomal sovuq va yogʻingarchilik sharoitida oʻquvchilarning taʼlim muassasiga yetib kelishi keskin qiyinlashadi. Ayrim qishloqlarda bolalar bir necha kilometr piyoda yurib maktabga qatnashini inobatga olish zarur. Qolaversa, murojaatlarga koʻra, qator hududlarda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida isitish tizimlari toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan. Oʻqishni boshlashning aniq muddatini belgilash qarori nafaqat taʼlim muassasalari maʼmuriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlashgan holda qabul qilinishi lozim” deya chaqiriq bilan chiqdi «Yuksalish» umummilliy harakati raisi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid