platina.uz
Jamiyat

Koronavirus asoratlari suyak va boʻgʻimlar yemirilishiga sabab boʻlishi mumkin

Koronavirus asoratlari suyak va boʻgʻimlar yemirilishiga sabab boʻlishi mumkin
Mutaxassis: Murod Irismetov, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori: Koronavirus pandemiyasining dastlabki yili butun insoniyat uchun ogʻir sinov boʻldi. Oʻshanda eng asosiy eʼtibor, avvalo, bemorlar hayotini saqlab qolish va kasallik keng tarqalishining oldini olishga qaratildi. Vaqt oʻtishi bilan tibbiyotda bu xavfli infeksiya bilan kurashishning samarali yoʻllari topildi. Davolash standartlari takomillashtirildi. Eng muhimi, COVID-19ga qarshi vaksinalar yaratildi. Ammo koʻp oʻtmay, koronavirusning yana bir xavfli jihati maʼmum boʻldi. Yaʼni uning ogʻir asoratlari! Ushbu holat SOVID-19ni boshdan kechirgan baʼzi bemorlarda son suyagi, yelka, tizza boʻgʻimlarining yemirilishi bilan kechayotgani sir emas. Bu — dunyo olimlarining ilmiy xulosasi. Agar statistik tahlillarga murojaat qilsak, pandemiyagacha boʻlgan davrdan to hozirgi kungacha mazkur xastalikka chalingan bemorlar soni 3-4 barobar ortganini koʻramiz. Oqibatda ushbu kasallikning ogʻir bosqichlarida yuqori texnologik operatsiya hisoblanadigan endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni koʻpayib bormoqda. Toʻgʻri, koronavirus pandemiyasi boshlanmasidan avval ham avaskulyar nekrozdan aziyat chekuvchi yurtdoshlarimizdan murojaatlar boʻlardi. Ammo ularning soni hozirgi paytdagi singari koʻp emasdi. Bugunga kelib tibbiyot markazimizda shunday dardga chalingan mingdan ortiq bemorlarning reyestrini shakllantirganmiz. Tahlillar asnosida koʻryapmizki, ularning aksariyati koronavirusga qarshi emlanmagani oqibatida kasallikni ogʻir oʻtkazgan. Ustiga-ustak, shifokor tavsiyasisiz, uy sharoitida turli antibiotik, gormon preparatlarini palapartish qoʻllagan. Oqibatda vaqt oʻtishi bilan suyaklarda yemirilish holatlari yuzaga kelmoqda. Shunday ekan, dori vositalaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish turli ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishini unutmaslik kerak. ‼️Qolaversa, yurtdoshlarimizga COVID-19ga qarshi toʻliq bosqichda va buster dozada, albatta, emalanishlari zarur.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid