platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. Yigʻilishda bir oy muddatda 2023 yilda sanoatni 14 foizga oshirish boʻyicha sanoat va investitsiya dasturlarini qayta koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi. Bunda: — Samarqandda mineral oʻgʻit, Navoiyda quruq sianid tuzi va texnik gaz ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish; — 1 iyunga qadar Pistali konida 6-gidrometallurgiya zavodini ishga tushirish; — avgust oyida «Yoshlik-1» mis koni negizida 3-misni boyitish fabrikasi loyihasini yakunlashni taʼminlash topshirildi. Avtomobilsozlik tarmogʻida oʻsishni taʼminlash uchun 1 sentabrga qadar: — xususiy investorlarni jalb qilib, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish; — Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini toʻliq quvvatga chiqarish topshirildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid