platina.uz
Jamiyat

Fazliddin Gʻoibnazarovning “ov”i isbotini topdi

Fazliddin Gʻoibnazarovning “ov”i isbotini topdi
Rio olimpiadasi gʻolibi Fazliddin Gʻoibnazarovning ijtimoiy tarmoqlarda ovda aks etgan video va suratlaridagi holat oʻz isbotini topdi. Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati olib borgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, 2022 yilning 30 dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani Sirdaryo daryosida fuqaro X.U tomonidan qushlar ovlangani va oʻljalar bilan bevosita boshqa fuqarolar bilan birgalikda sportchi F. Gaibnazarov ham foto va videotasvirga tushganligi oʻz tasdigʻini topdi. Oʻrganishlar davomida ovni amalga oshirgan fuqaro X.U ning ov qilishga tegishli hujjatlari mavjudligi, u ovchilik jamiyatidan roʻyxatdan oʻtganligi aniqlandi. Biroq, u ov jarayonida belgilangan meʼyorlarga amal qilmagan holda ov qilish qoidalarini qoʻpol tarzda buzganligi va bu bilan tabiatga zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 90-moddasiga asosan, huquqbuzarga nisbatan jarima va hayvonot olamiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, ov qurollari Toshkent viloyati Boʻka tumani IIBga belgilangan tartibda topshirildi. Yuqoridagi holat yuzasidan barcha ishtirokchilardan bunday holat boshqa takrorlanmasligi toʻgʻrisida tushuntirish xatlari olinib, profilaktik suhbat oʻtkazilganini maʼlum qilgan vazirlik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid