platina.uz
Jamiyat

Yosh ixtirochi tomonidan laboratoriya komplekti yaratildi

Yosh ixtirochi tomonidan laboratoriya komplekti yaratildi
Namangan davlat universiteti yosh ixtirochi olimi Ulugʻbek Turdaliyev tomonidan fizika fanida qoʻllaniluvchi innovatsion laboratoriya komplekti yaratildi. Loyiha dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligining «Boʻlajak olim» tanlovi doirasida gʻolib deb topilib, 13 853 000 soʻm miqdorida moliyalashtirilgan. Bundan tashqari, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazaqqovning talaba yoshlar bilan 2022 yil 8 iyunda oʻtkazgan uchrashuvi doirasida mazkur laboratoriya komplektini maktablarga joriy etish taklifini qoʻllab-quvvatlab, mahalliy byudjet tomonidan 54 000 000 soʻm miqdorida moliyalashtirildi. Hozirda ixtirochi tomonidan laboratoriya komplektlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Laboratoriya komplekti toʻlaqonli mobil holatda boʻlib, doimiy elektr energiyasi va oʻquv xonasini talab etmaydi, 6 ta laboratoriya ishi va xorij analoglaridan ustun holda 4 ta namoyish tajribasini bajarish imkoniyati mavjud. Bu foydalanuvchiga juda katta qulaylik yaratadi. Shu bilan birgalikda, xorij analoglaridan arzon.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid