platina.uz
Jamiyat

Uy-joy olishda dastlabki badal uchun 32 million soʻm subsidiya beriladi

Uy-joy olishda dastlabki badal uchun 32 million soʻm subsidiya beriladi
2021 yil 9 dekabrdagi Prezident Farmoniga muvofiq bozor tamoyillariga asosoda ipoteka kridetlari orqali uy-joy olishda dastlabki badal uchun 32 million soʻm subsidiya beriladi. Unga koʻra: — daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalarni toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilingan; — dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi; — subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi; — fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ega.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid