platina.uz
Jamiyat

Suv quvurlari muzlamasligi uchun nima qilish kerak?

Suv quvurlari muzlamasligi uchun nima qilish kerak?
Havo harorati keskin sovib ketishi oqibatida quvurlarda suv muzlab qolishi mumkin. «Oʻzsutaʼminot» AJ mutaxassislari buning oldini olish boʻyicha bir qancha tavsiyalar berdilar. Muzlagan quvurlarni uy sharoitida eritish uchun tavsiyalar: Iliq suvdan foydalaning. Ushbu usul suvning turgʻunlik zonasi aniq belgilangan va u kichik boʻlgan hollarda tanlanadi. Quvurning ochiq muzlagan joyini latta yoki biror mato bilan oʻrab, ustiga iliq issiq suv quying va suv haroratini sekin-asta oshirib boring. Kranni oching – bu muzning erishini tezlashtiradi. Namlangan lattalar esa issiqlikni bir muddat ushlab turadi, plastmassa yoki metall quvurlar ichidagi muzni eritishga imkon beradi. Fendan foydalaning. Iliq havo oqimini yaratadigan har qanday qurilmadan foydalanish mumkin. Ushbu usul quvurlarda muzlagan kichik maydonlarni isitish uchun xizmat qiladi. Ammo ushbu usul plastik qoplama haddan tashqari qizib ketishi va erishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois fendan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qiling. Agar chanoq (rakovina) yoki unitaz yaqinidagi quvur muzlagan boʻlsa, unga qaynatilgan tuz qorishmasini (10 litr suv uchun 1 kg. tuz) quying.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid