platina.uz
Jahon

Rossiyada bortida 12 kishi boʻlgan samolyot muzlashi oqibatida qulab tushdi

Rossiyada bortida 12 kishi boʻlgan samolyot muzlashi oqibatida qulab tushdi
Rossiyaning Nenets avtonom okrugida An-2 yengil samolyoti muzlash tufayli qulab tushdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. “Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bortda ikki nafar ekipaj aʼzosi va oʻn nafar yoʻlovchi boʻlgan. Voqea joyiga qorda harakatlanadigan mashinalar va vertolyotda quruqlikdagi guruh yuborilgan”, — deb xabar berdi  Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Tirik qolgan fuqarolardan biri Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, hodisa haqida maʼlumot bergan. Hodisaga samolyotning muzlashi sabab boʻlgani aytilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid