platina.uz
Jamiyat

Pedagogika yoʻnalishi 3-4-bosqich talabalari maktabgacha taʼlim tizimida ishlashi mumkin

Pedagogika yoʻnalishi 3-4-bosqich talabalari maktabgacha taʼlim tizimida ishlashi mumkin
Oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar davlat maktabgacha taʼlim tizimida pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bu haqda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Bunda ularga oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Unga koʻra, Davlat  maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish haqi  malaka toifasi va maʼlumotiga qarab belgilangan. — Oliy toifali pedagoglar uchun 1 million 375 ming; — Birinchi toifali pedagoglar uchun 1 million 296 ming; — Ikkinchi toifali pedagoglar uchun 1 million 214 ming: — Oliy maʼlumotli pedagoglar uchun 1 mllion 133 ming. Shuningdek, byujet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofir oshirilgandan Maktabgacha taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy taʼrif stafkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirli va Moliya vazirligi kelishgan holda tasdiqlanadigan buyrugʻi asosida tegishli miqdorda oshiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid