platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonlik 3 nafar shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100likda bormoqda

Oʻzbekistonlik 3 nafar shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100likda bormoqda
3 nafar hamyurtlarimiz xalqaro shaxmat federatsiyasi 2023 yilning ilk oyida FIDEning eng kuchli 100 taligidan oʻrin egallashdi. Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko jamgʻargan holda 30-qatorda qayd etilgan boʻlsa, Rustam Qosimjonov 2678 ochko bilan 61-oʻrinda koʻrinish berdi. Shuningdek, umidli sportchimiz Javohir Sindorov 2654 ochkoga ega boʻlgan holda roʻyxatning 94-pogʻonasini band etib turibdi. Reytingning eng yuqori qismida niderlandiyalik Magnus Karlsen(2859), xitoylik Lijen Din (2811), rossiyalik Yan Nepomnyaщiy (2793), Fransiya sharafini himoya qilayotgan Aliriza Firudja (2785), AQSh bayrogʻi ostida oʻynayotgan Xikaru Nakamura (2768) kabi shaxmatchilar borishmoqda. Shuningdek, FIDE eʼlon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Abdusattorov 4-oʻrindan, Javohir Sindorov 9-oʻrindan joy olgan boʻlsa, yosh qizlarning yuztalik roʻyxatida isteʼdodli shaxmatchi qizimiz Umida Omonova (2155) 65-oʻrinda, Afroʻza Hamdamova (2143) 72-qatorni egallashdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid