Oʻzbekistonda 9 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

9 yanvar kuni kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq, shimolda 5-10° sovuq boʻladi.
Poytaxtimizda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin, tuman tushadi.Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-6° iliq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq boʻladi.
