platina.uz
Jamiyat

Nosoz dvigatel bilan Qozon ayeroportiga qoʻngan samolyot haqida rasmiy maʼlumot berdildi

Nosoz dvigatel bilan Qozon ayeroportiga qoʻngan samolyot haqida rasmiy maʼlumot  berdildi
«Uzbekistan Airways»ning Toshkentdan Qozonga uchgan samolyotida dvigatel ishdan chiqqani haqida xabarlar tarqalgandi. Aviakompaniya holat yuzasidan maʼlumot berdi. 2023-yilning 7-yanvar kuni HY9649/9650 Toshkent – Qozon – Toshkent yoʻnalishida parvoz qilayotgan Airbus A320 havo kemasining bitta dvigateli ishdan chiqqan. Havo kemasi muvoffaqiyatli tarzda nosoz dvigatel bilan Qozon ayeroportiga qoʻngan. Bort sahnida 173ta yoʻlovchi (158ta katta, 13ta oʻsmir va 2ta chaqaloq) boʻlgan va qoʻnish jarayonida ularning hech biri zarar koʻrmagan. Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun Boyeing767 havo kemasida HY8649/8650 qoʻshimcha reys tashkil etilgan. Hozirda havo kemasining dvigatelini ishdan chiqish sabablari oʻrganilmoqda. Qozon-Toshkent qaytish reysida esa 166 nafar yoʻlovchi manzilga yetkazilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid