platina.uz
Jamiyat

Bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi aytildi

Bolalar orasida koronavirus avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi aytildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «yosh bolalar orasida koronavirus infeksiyasi koʻpayib boryapti» mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi bu maʼlumotlarning haqiqatga zid ekanligini aytmoqda. Vazirlikning maʼlum qilishicha, bolalar orasida oʻtkir respirator kasalliklar va koronavirusga chalinishning soʻnggi koʻtarilishi oʻtgan yil kuz oylariga toʻgʻri kelgan. Oʻsha paytda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun 500 ta qoʻshimcha shifo oʻrni yaratilgan. Shuningdek, hozir holat barqaror boʻlib, xastalanish koʻrsatkichlari keskin kamaygan. Maʼlumot uchun, agar bolalar orasida koronavirus yoki boshqa oʻtkir respirator kasalliklar ortishi kuzatilsa, bu boʻyicha rasmiy axborot beriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid