platina.uz
Jamiyat

Avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga toʻxtatildi — «UzAuto Motors»

Avtomobillar uchun shartnoma berish yana bir necha kunga toʻxtatildi — «UzAuto Motors»
«UzAuto Motors» kompaniyasi «SAP» hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirishi va mahsulotlarni inventarizatsiya qilishi munosabati bilan barcha avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni qabul qilish yana bir necha kunga toʻxtatildi. Kompaniya xabariga koʻra, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlarining oʻtkazilishi sababli «UzAvtoSavdo» ilovasi faoliyati ham vaqtincha toʻxtatib turilishi mumkin. Dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan soʻng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan toʻlovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish toʻliq hajmda qayta tiklanadi. Qoʻshimcha qilinishicha, 2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan toʻlovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan soʻng, avtomobil uchun oldindan toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, avtomobil yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar oʻz kuchida qoladi, faqat oldindan toʻlov muddati uzaytiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid