platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda sobiq iqtisodchi katta pora bilan qoʻlga olindi

Sirdaryoda sobiq iqtisodchi katta pora bilan qoʻlga olindi
Sirdaryoda sobiq iqtisodchi va uning sheriklari 4 nafar fuqaroning pullarini oʻzlashtirgani maʼlum qilindi. Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzurida Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman xalq taʼlimi boʻlimi sobiq iqtisodchisi G.A. va boshqalar 2020-2021 yillarda bosh hisobchi lavozimida ishlagan B.M., M.N.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish evaziga 4 nafar fuqaroning jami 65 000 AQSh dollari va 240 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid