platina.uz
Jamiyat

Oʻzimizga oʻzimiz shifokor boʻlmaylik yoxud nega dorilar reklamasini cheklash kerak?

Oʻzimizga oʻzimiz shifokor boʻlmaylik yoxud nega dorilar reklamasini cheklash kerak?
Shu kunlarda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyat barchamizni chuqur qaygʻuga soldi. Bu fojia mamlakatimizda sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolarimizni yaqqol koʻrsatib berdi. Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun «Yuksalish» umummilliy harakati quyidagilarga chaqiradi:
  • Dori vositalarini nazoratsiz qoʻllash amaliyotini qayta koʻrib chiqish. Koʻplab dori vositalarini shifokor retseptisiz, dorixonalardan osongina xarid qilishimiz mumkinligi dorilardan notoʻgʻri foydalanish xavfini yaratmoqda.
  • OAVlarda dorilar reklamasiga cheklovlar joriy etish. Xususan, dori vositalari reklamasini faqat Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ruxsati bilan amalga oshirish. Kelgusida OAVlarda dorilarining bevosita reklamasini taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqish.
  • Dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. Masalan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni dori vositalari reklamasiga qoʻyiladigan talablarni buzganlik uchun BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi alohida norma bilan toʻldirish. Ogʻir oqibatlarga olib kelgan huquqbuzarliklar (inson sogʻligʻiga ziyon yetsa, oʻlimga olib kelsa) jinoiy javobgarlikka asos boʻlishi kerak.
  • Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari masʼuliyatini kuchaytirish. Shu maqsadda, Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi subʼektlari qatoriga sifatsiz, qalbakilashtirilgan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori vositalarini tarqatishga yoʻl qoʻygan shaxslarni ham kiritish.
  • Farmatsevtika sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. Keng aholi manfaatlariga daxldor boʻlgan farmatsevtika sanoatiga oid axborotlarni berib boruvchi ochiq maʼlumotlar bazasini shakllantirish lozim.
  • Fuqarolarning zamonaviy tashxis imkoniyatlaridan foydalanishini, davolashning yagona standartlariga asoslangan tibbiy sugʻurta tizimiga oʻtishini tezlashtirish.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid