platina.uz
Jahon

Ilon Mask Twitter xodimlarini qisqartirmoqda

Ilon Mask Twitter xodimlarini qisqartirmoqda
Amerikalik biznesmen Ilon Mask boshchiligidagi Twitter xodimlarini qisqartirishda davom etmoqda. Bu haqda Bloomberg maʼlum qildi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ishdan boʻshatishning yangi toʻlqini kompaniyaning Dublin va Singapurdagi ofislari xodimlariga taʼsir koʻrsatdi. Qayd etilishicha, 6 yanvar, juma kuni kamida 12 kishi ishdan boʻshatilgan. Shu bilan birga, qisqartirishlar notoʻgʻri maʼlumotlarga qarshi kurash boʻlimi xodimlariga taʼsir koʻrsatdi. Oktabr oyi oxirida Mask Twitter'ni sotib olish boʻyicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunladi. Oradan koʻp oʻtmay, tadbirkor kompaniya xodimlarining deyarli yarmini ishdan boʻshatishga ulgurdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid