platina.uz
Jamiyat

Xorijlik talabalarning kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdori taʼlim muassasalarining direktorlari tomonidan belgilanadi

Xorijlik talabalarning kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdori taʼlim muassasalarining direktorlari tomonidan belgilanadi
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga binoan, kollejlar va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari mos ravishda 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlanib qoldi. Ayrim yoʻnalishlarda oʻqitish muddatlari bir yildan kam yoki koʻp boʻlganda mazkur belgilangan miqdorlar 12 oyga boʻlinadi va mos ravishda oʻqish muddatiga (oyiga) koʻpaytirilgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlov-kontrakt miqdori aniqlanadi. Shuningdek, xorijiy fuqarolarni kollej va texnikumlarda  toʻlov-kontrakt  asosida oʻqitish qiymatlari  Oʻzekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish toʻgʻrisida»gi  PF-5763 sonli farmoniga muvofiq boʻysunuvchi  vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim muassalarining direktorlari tomonidan belgilanadi. Maʼlumot uchun, talabalar toʻlov-kontraktini toʻlov ilovalari orqali online toʻlashi va shartnoma boʻyicha qarzdorlik miqdorini bilishi mumkin.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid