platina.uz
Jamiyat

Umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining oʻquv yuklamalari kamaytirildi

Umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining oʻquv yuklamalari kamaytirildi
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga ilovaga muvofiq kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchada haftalik oʻquv yuklamasining maksimal darajasiga boʻlgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilandi: 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak. 2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi); 5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak; 10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak; Bir yil davomida oʻquv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid