platina.uz
Jamiyat

Surxandaryoda YTH oqibatida haydovchi halok boʻlgan

Surxandaryoda YTH oqibatida haydovchi halok boʻlgan
Surxondaryoning Sariosiyo tumanida Nexia, Spark va Gentra ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning 2 yanvar kuni soat 23:20 larda Sariosiyo tumani «Shabnam» mahallasi hududidan oʻtgan 4H-1583 avtomobil yoʻlining 1-kmsida Nexia, shu yoʻnalishda harakat qilib kelayotgan Spark avtomobiliga borib urilgan. Zarb oqibatida Spark qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketib, Gentra bilan toʻqnashgan. Nexia esa boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi ariqqa tushib, agʻdarilgan. Oqibatda Nexia haydovchisi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etdi. Voqea sababi oʻrganilganda haydovchi tezlikni meʼyoridan oshirib harakatlangani, oraliq masofani saqlamagani va yoʻlning tegishli qismi sunʼiy yoritilmagani aniqlangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid