platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasi quriladi

Sirdaryoda zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasi quriladi
Prezidentimizning “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Energetika vazirlizi axborot xizmati xabar berdi. Qarorga koʻra, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 61,9 gektar maydonida zamonaviy “H” toifasidagi qombinatsiyalangan siklda ishlaydigan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur stansiya 2026 yilda ishga tushiriladi. Loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori boʻlgan qurilmalarni oʻrnatish xisobiga yiliga 12 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ahamiyatli jihati, obʼekt qurilishi davomida 2 500 nafar, ishga tushirilgandan soʻng esa 120 nafar doimiy ish oʻrinlari yaratiladi. Taʼkidlash joizki, mazkur yirik loyiha halqaro ochiq tender savdolarini oʻtkazish orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi. Maʼlumot uchun: 2022 yil 20 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 220 MVt quvvatli yangi IES ishga tushirildi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 1500 MVt quvvatli zamonaviy IES ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid