platina.uz
Jamiyat

Samarqandda ish stajini soxtalashtirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

Samarqandda ish stajini soxtalashtirib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Samarqandda Yevropa davlatlaridan biriga ishga ketmoqchi boʻlgan shaxsga 6 yillik ish staji yozib Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 600 AQSh dolari soʻragan. Bu haqda viloyat viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 6 yanvar kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Yevropa davlatlaridan biriga ketish niyatida yurganligini, biroq chetga chiqishi uchun ish staji yetmayotganligini aytadi. Murojaatchiga koʻra, 2022 yilning dekabr oyi oʻrtalarida Payariq tumani Tomoyrot mahallasida yashovchi, oʻzini «revizior» deb tanishtirgan «B.T.» ismli shaxs bilan tanishib qolgan. B.T. uning ishonchiga kirib, Payariq tumanidagi fermer xoʻjaliklardan biriga 2017 yildan boshlab ishga joylashganligi toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni tayyorlab, Yagona milliy mehnat tizimiga kiritib, 6 yillik ish staji qilib berishini aytadi. Har bir yil uchun 100 AQSh dollaridan, jami 600 AQSh dollari miqdoridagi pulni talab qilayotganini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan. Hozirda arizaga asosan, 6 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Payariq tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi harbiy hisob yetakchi mutaxassisi B.T. ariza muallifidan 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan. Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid