platina.uz
Jamiyat

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi
«Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi Hukumat qarori (3-son, 06.01.2023 y.) qabul qilindi. Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi. Qishki sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari boʻyicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir. Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi. Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan oʻquvchilarning doimiy mashgʻulot oʻtkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega boʻlishi lozim. Maʼlumot uchun: Qishki sport turlari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid