platina.uz
Jamiyat

Poyezdlarga bilet olishda online navbat tashkil qilindi

Poyezdlarga  bilet olishda online navbat tashkil qilindi
Talabalar 7-8-9 yanvar kunlariga online tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda. Shu sababli veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ matbuot xizmatining xabariga koʻra, barcha boʻgʻindagi oliy va oʻrta taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatlari joriy yil 18 yanvarga qadar uzaytirilgani sababli bugungi kunda talabalar tomonidan joriy yilning 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda, bundan tashqari shu vaqtning oʻzida, boshqa yoʻlovchilar ham online chiptalarni sotib olish harakatida, temir yoʻl kassalarida ham ushbu tizimdan foydalanilmoqda va shu bois, veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda ishlamoqda. Mazkur vaziyatda, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-saytda online navbat joriy qilingan. Hozirda ushbu tizimning oʻrnatilgan tartibda ishlashi kuzatilmoqda. «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ tizimdagi nosozliklari uchun uzr soʻraydi, deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid