platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston TIV rahbari Qatar elchisini qabul qildi

Oʻzbekiston TIV rahbari Qatar elchisini qabul qildi
TIV maʼlumotiga koʻra, muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlarning BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston va Qatarning Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish jarayoniga koʻmaklashish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi. Oliy va yuqori darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid