platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini hamkorlikda quradi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Qambarota-1 gidroelektr stansiyasini hamkorlikda quradi
Joriy yilning 6 yanvar kuni Bishkek shahrida Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov, Qirgʻiz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozogʻiston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi boʻyicha «yoʻl xaritasi» imzolandi. Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Mazkur GES nafaqat Qirgʻiz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv taʼminotida muhim oʻrin tutadi. Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Eslatib oʻtamiz, 2022 yil sentabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan ShHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida eʼtibor qaratilgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid