platina.uz
Jamiyat

Oʻquv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi

Oʻquv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi
Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Buning uchun talabgor kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10-sanasiga qadar my.gov.uz dagi «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatidan foydalanadi. Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi: — bino va oʻquv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, oʻqitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga; — zarur darsliklar, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq toʻlashga. Xizmatdan foydalanishda quyidagi hujjatlar talab etiladi: — 2 yilga moʻljallangan biznes reja; — mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish toʻgʻrisida tuzilgan xoʻjalik shartnomalari; — pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; — pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; — taʼlim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki oʻquv xonalarining ijara shartnomasi (koʻchmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun). Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid