platina.uz
Jahon

"Mpox" virusining tarqalishi sezilarli darajada kamayganligi aytilmoqda

"Mpox" virusining tarqalishi sezilarli darajada kamayganligi aytilmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, shu kungacha Yer yuzida "mpox" (maymun chechagi) virusini yuqtirgan qariyb 84 ming nafar bemor roʻyxatga olingan. Ulardan 75 nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumgan. Ammo real koʻrsatkichlar bundan yuqori boʻlishi mumkin. Toʻgʻri, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos boʻlolmaydi. Chunki qator mamlakatlar, ayniqsa, Afrika mintaqasida mazkur virusga qarshi sinamalar ham, vaksinalar ham mavjud emas. JSST mutaxassisi Rozamund Lyuisning taʼkidlashicha, ushbu holat uch yil oʻtib, "mpox"ning yanada yuquvchan mutatsiyalari paydo boʻlishiga zamin yaratishi mumkin. Bu esa chinakam xavf. “Shu bois, dunyo boʻylab yangi epidemiyalarni imkon qadar tezroq aniqlash va ularning oldini olish uchun koʻproq test va vaksinalar ishlab chiqilishi kerak” — deb xulosa qiladi mutaxassis.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid