platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda sodir boʻlgan YTH da ikki kishi xalok boʻldi

Jizzaxda sodir boʻlgan YTH da ikki kishi xalok boʻldi
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan va yana bir kishi yengil tan jarohati olgan. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 4 yanvar kuni soat 17:30 larda, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hududidan oʻtuvchi 4P-41 «Gʻallaorol-Oʻsmat-Baxmal» avtomobil yoʻlining 16-kilometrida «Baxmal-Gʻallaorol» yoʻnalishida haydovchi, 1999 yilda tugʻilgan O.M. «Lacetti» rusumli avtomobilda yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻlning oʻng tomoniga chiqib ketib, transport vositasi daraxtga urilgan. YTH natijasida avtomobil salonida boʻlgan yoʻlovchilar, 2004 yilda tugʻilgan N.A. olgan ogʻir tan jarohatlari bilan voqea joyida, 1968 yilda tugʻilgan K.K. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda boʻlgan yana bir yoʻlovchi yengil tan jarohatlari olgan. Mazkur YTH yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid