platina.uz
Jamiyat

Ikkita vazirlik birlashsa, xodimlar oldingi lavozimiga teng boʻlgan lavozimlarga tanlovsiz ishga qabul qilinishi mumkin

Ikkita vazirlik birlashsa, xodimlar oldingi lavozimiga teng boʻlgan lavozimlarga tanlovsiz ishga qabul qilinishi mumkin
Maʼmuriy islohotlar natijasida davlat organlari va tashkilotlarining tuzilmalari qayta koʻrib chiqilayotganligi sababli Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali eʼlon qilingan tanlovlarning barcha jarayonlari vaqtinchalik toʻxtatilgan. Davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari hamda shtat birliklari qayta tasdiqlangandan soʻng vakant lavozimlarga tanlovlar oʻrnatilgan tartibda yanada takomillashtirilgan vacancy.argos.uz portali orqali eʼlon qilinadi va davom ettiriladi. Bunda, lavozimi teng joyga va lavozimidan pastga ishga oʻtayotganlar uchun tanlov boʻlmaydi. Yaʼni, ikkita vazirlik birlashsa, uning xodimlari oldingi lavozimiga teng boʻlgan lavozimlarga tanlovsiz ishga qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, agarda siz faoliyat yuritayotgan tashkilotga xodimlar ochiq tanlovsiz ishga qabul qilinayotgan boʻlsa yoxud egallab turgan lavozimingiz qisqarayotganini roʻkach qilib sizdan asossiz ravishda ishdan boʻshash haqida ariza talab qilishayotgan boʻlsa, bizga murojaat qiling, deyiladi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabarida .
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid