platina.uz
Sport

FIFA ilk bor saudiyalik ayolni xalqaro hakam etib tayinladi

FIFA ilk bor saudiyalik ayolni xalqaro hakam etib tayinladi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) birinchi marta Saudiya Arabistonidan boʻlgan ayolni xalqaro hakam etib tayinlashga qaror qildi. Bu haqda "Arabian Daily" xabar bermoqda. Bu maqom Anud Al-Asmariyga berildi. U oʻzidan tashqari Saudiya Arabistonidan yana yetti nafar erkak hakamni oʻz ichiga olgan xalqaro toifadagi hakamlardan biriga aylanganidan xursand ekanligini tan oldi. Al-Asmariy erkaklar terma jamoasi oʻyinida ishlashga tayyormi, degan savolga ham javob berdi. U bunday tayinlov Saudiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanmaguncha bu haqda oʻylashni istamasligini aytdi. 34 yoshli Al-Asmariy hakamlik faoliyatini 2018 yilda boshlagan. U bungacha 2019 yilda tashkil etilgan Saudiya Arabistoni ayollar terma jamoasida bir qancha uchrashuvlarni boshqargan. Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtdigan jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Germaniya va Kosta-Rika terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda (4:2) fransiyalik Stefani Frappart boshchiligidagi ayollar hakamlar brigadasi boshqargan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid