platina.uz
Jamiyat

Dorilarning retsept asosida va retseptsiz beriladigan turlari bor — mutaxassis

Dorilarning retsept asosida va retseptsiz beriladigan turlari bor — mutaxassis
“Dori vositalari, tibbiy buyum, ekspertiza standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmokologik nazorat boʻlimi yetakchi mutaxassisi Ravshan Abdullayev shu haqdagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. — Dorilarning retsept asosida va retseptsiz beriladigan turlari bor, — deydi mutaxassis. — Birinchi turdagi preparatlar uchun, albatta, shifokor retsepti talab etiladi. Ulardan tibbiyot xodimining tavsiyasi bilangina foydalanish va uy sharoitida saqlash mumkin. Shifokor tavsiya qilgan jarohatga qarshi, isitma tushiruvchi, ogʻriq qoldiruvchi dorilarning retseptsiz beriladigan turlari esa albatta, “xonadon dori qutisi”da boʻlishi maqsadga muvofiq. Biroq baʼzi ota-onalar farzandlari shamollab qolsa, darhol dorixonaga yugurib, oʻzboshimchalik bilan bolasiga antibiotik yoki boshqa turli preparatlarni beradi. Yoki tibbiyotdan yaxshi xabardor boʻlmagan qoʻshnisini chaqirib, analgin, dimedrol, novokain qoʻshib mazkur aralashmani isitma tushirishda qoʻllaydi. Vaholanki, har bir dori vositasidan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar bor. Preparatlarni qabul qilish vaqti va dozalarini shifokor belgilib berishi shart. Afsuski, bu talablarga toʻliq amal qilinmasligi bemorlarning umumiy holati yanada ogʻirlashishiga olib keladi. Ayniqsa, parenteral, mushak va vena ichiga yuboriladigan antibaktirial dorilarni hech qachon uy sharoitida qabul qilish mumkin emas! Shuningdek, dorixona mutaxassisi tavsiyasi bilangina xarid qilingan preparatlardan ham shifokor maslahatisiz foydalanmaslik kerak. Bundan tashqari, har bir dori uning yoʻriqnomasida koʻrsatilgan harorat va muhitda saqlanishi shart. Qolaversa, yaroqlilik muddati oʻtgan dorilarni ichish nojoʻya taʼsirlar va ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar doridan zaharlanish holati kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bu holat, buyrak, jigar, oʻpka, yurak faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, hatto oʻlim holatiga olib kelishi mumkin. Yurtimizda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari oqibatida bolalar oʻlimi yuz berishi bu borada ehtiyotkorlik, shifokor tavsiyasi naqadar muhim ekanligini yana bir bor koʻrsatdi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid